Kolodkalarni almashtirish
Kolodkalarni almashtirish
Tormozlash paytida avtomobilning reaksiyasi sharoitlarga va kolodkalar va disklarning holatiga bog‘liq. Shuning uchun, bu detallarga alohida e’tibor berishingiz zarur, chunki yo‘lovchilar, boshqa haydovchilar, piyodalarning va, albatta haydovchining ham xavfsizligi ularga bog‘liqdir. Agar avtomobilingizning tormoz kolodkalari soz ishlamayotganligini gumon qilsangiz, tavakkal qilmasdan, ularni almashtirish uchun LiTRO yo‘l yordam xizmatini chaqirganingiz ma’qul. Avtoservisga borish uchun vaqt sarflashingiz shart emas, bizning ustalarimiz joyida xizmat ko‘rsatadilar. Tez va samarali! Kolodkalarni almashtirish zarurligini qanday bilish kerak? Eng oson yo‘li – asboblar panelidagi indikator va/yoki eskirish datchiklari orqali, agar ular ushbu avtomobil modelida ko‘zda tutilgan bo‘lsa. Almashtirish kerakligini ko‘rsatuvchi qo‘shimcha belgilar – bu "yengil" pedal, tormoz masofasining ortishi va ishchi suyuqlikning ko‘p sarflanishi. Bundan tashqari, kuchli tormozlash paytida o‘ziga xos tovush chiqishi ham tormoz qurilmalari eskirganligini ko‘rsatuvchi belgi hisoblanadi. Kolodkalar yemirilganidan so‘ng plastina-datchik disk yuzasi bilan aloqa qilganda o‘ziga xos chiyillagan tovush chiqaradi. Telefon orqali texnik maslahat olish va avtomobil buzilgan joyga ustani chaqirish uchun 1353 raqamiga kechayu kunduz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Shahardan tashqarida xizmatlar ko‘rsatish narxi xizmat ko‘rsatish narxidan va ustaning shahardan tashqariga (trassa orqali) – 1 km uchun 6000 so‘m bo‘lgan yetib borish narxidan tashkil topadi.