Kompyuter diagnostikasi
Kompyuter diagnostikasi
Avtomobilingizdagi har qanday nosozliklarni ko‘chma kompyuter diagnostika qilish xizmati nafaqat qulay, balki foydali hamdir. Amaliyot ko‘rsatishicha, ko‘plab muammolarni joyida hal qilish va demak, evakuator xarajatlaridan pul tejash mumkin. Zamonaviy diagnostika uskunalari va ustalarimizning tajribasi avtomobildagi nosozlik sababini tezda topishga va imkoniyatga qarab uni bartaraf qilishga yordam beradi. Universal skanerlar turli rusumdagi avtomobillarning elektron boshqaruv tizimlarini diagnostika qilish imkonini beradi. Ammo, nosozlikni joyida bartaraf etish imkonsiz bo‘lganda ham, mutaxassislarimiz sizga buzilish sabablari haqida to‘liq ma’lumot va ta’mirlash bo‘yicha tavsiyalar beradi. Quyidagi holatlarda avtomobilni ko‘chma kompyuter diagnostika qilish xizmatidan foydalaning: - dvigatel to‘satdan to‘xtab qolganda - UQ uzatmalarni almashlab qo‘shmaganda yoki almashlab qo‘shish paytida taqillagan ovozlar, siltanishlar paydo bo‘lganda - chek yonganda - mashina ishga tushmaganda - dvigatel notekis ishlay boshlaganda, quvvat kamayganda - Yonilg‘i ko‘p sarflanganda - ABS, ESP va hokazolar ishlamaganda - iqlim nazorati, kruiz nazorati ishlamay qolganda - elektronika bilan bog‘liq boshqa muammolar yuzaga kelganda. Ko‘chma kompyuter diagnostika xizmati ishlatilgan mashinani sotib olish paytida ham nihoyatda qo‘l keladi. O‘z vaqtingizni yo‘lga va avtoservisda kutishga sarflashingiz shart emas. Yarim soatdan so‘ng mashinaning holati haqida hamma ma’lumotlarga ega bo‘lib, to‘g‘ri qarorni tezroq qabul qilasiz. Telefon orqali texnik maslahat olish va avtomobil buzilgan joyga ustani chaqirish uchun 1353 raqamiga kechayu kunduz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Shahardan tashqarida xizmatlar ko‘rsatish narxi xizmat ko‘rsatish narxidan va ustaning shahardan tashqariga (trassa orqali) – 1 km uchun 6000 so‘m bo‘lgan yetib borish narxidan tashkil topadi.