Qisqa naychani (patrubok) almashtirish
Qisqa naychani (patrubok) almashtirish
Avtomobilning sovutish tizimi dvigatelning 80-90°S darajadagi optimal issiqlik holatini saqlash uchun mo‘ljallangan. Kuchli isitish normal ishchi tirqishlarning buzilishiga va natijada qismlarning kuchli yemirilishi, qadalib qolishi va sinishiga, shuningdek silindrlarni yonuvchan aralashma bilan yomon to‘ldirilishi, o‘z-o‘zidan o‘t olishi va portlab yonishi tufayli dvigatel quvvatining pasayishiga olib kelishi mumkin. LiTRO ustalari avtomobil turgan joyga borib, sovutish tizimini ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadilar. Telefon orqali texnik maslahat olish va avtomobil buzilgan joyga ustani chaqirish uchun 1353 raqamiga kechayu kunduz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Shahardan tashqarida xizmatlar ko‘rsatish narxi xizmat ko‘rsatish narxidan va ustaning shahardan tashqariga (trassa orqali) – 1 km uchun 6000 so‘m bo‘lgan yetib borish narxidan tashkil topadi.