Asosiy tormoz silindrini almashtirish
Asosiy tormoz silindrini almashtirish
Avtomobilning tormoz tizimi – g‘ildirak va yo‘l polotnosi o‘rtasidagi tormozlanish kuchini yaratish va ushlab turish, harakat tezligini kamaytirish (tormozlash), shuningdek, transport vositasini to‘xtatish va tinch turgan joyida to‘satdan va kutilmagan – o‘z-o‘zidan harakatlanishiga yo‘l qo‘ymasdan ushlab turish sharoitlarini ta’minlash vazifalarini bajaruvchi tizimdir. Tormoz tizimiga eng kuchli e’tibor berilishi lozim. Tormoz tizimi nosoz bo‘lgan transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi. LiTRO ustalari avtomobil turgan joyga borib, tormoz tizimini ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadilar. Masalan, tormoz silindrlarini, tormoz shlangi, diskini almashtiradilar, tormoz suyuqligini, tormoz kolodkalarini va boshqalarni almashtiradilar. Telefon orqali texnik maslahat olish va avtomobil buzilgan joyga ustani chaqirish uchun 1353 raqamiga kechayu kunduz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Shahardan tashqarida xizmatlar ko‘rsatish narxi xizmat ko‘rsatish narxidan va ustaning shahardan tashqariga (trassa orqali) – 1 km uchun 6000 so‘m bo‘lgan yetib borish narxidan tashkil topadi.