Stupitsani (yig‘ma olida) almashtirish
Stupitsani (yig‘ma olida) almashtirish
Harakatlantiruvchi qism – bu harakat paytida avtotransportning qulayligi, dinamikasi va boshqariluvchanligini ta’minlaydigan uzellar va detallar to‘plamidir. Har qanday haydovchi, professional bo‘lish-bo‘lmasligidan qatiy nazar, ichki hissiyoti yoki eshitish qobiliyati bilan o‘z mashinasini his qiladi. Har xil tezliklarda harakatlanish paytida to‘satdan qandaydir begona tovushlarni eshita boshlaganida, bu nima bo‘lishi mumkin degan savol tug‘iladi. Juda ko‘p hollarda begona shovqinlarga avtomobilning harakatlantiruvchi qismidagi nosozliklar sabab bo‘ladi. LiTRO ustalari avtomobil turgan joyga borib, harakatlantiruvchi qismni ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatadilar. Telefon orqali texnik maslahat olish va avtomobil buzilgan joyga ustani chaqirish uchun 1353 raqamiga kechayu kunduz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Shahardan tashqarida xizmatlar ko‘rsatish narxi xizmat ko‘rsatish narxidan va ustaning shahardan tashqariga (trassa orqali) – 1 km uchun 6000 so‘m bo‘lgan yetib borish narxidan tashkil topadi.