Avto ehtiyot qismlarni yetkazib berish*
Avto ehtiyot qismlarni yetkazib berish*
LiTRO “avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib berish” xizmati avtomobilingiz yo‘lda buzilib qolganda buzilishni joyida bartaraf etish imkonini beradigan eng yaxshi yechimdir. Yoki zudlik bilan ehtiyot qismni sotib olishingiz kerak bo‘lib qoldimi, avtodo‘konga borishga esa vaqtingiz yo‘qmi? LiTRO yordam beradi! Mutaxassislarimiz eng qisqa vaqt ichida kerakli detalni sotib olib, yetkazib beradi, shuningdek, texnik imkoniyat mavjud bo‘lganida uni almashtiradi. Biz faqat, avtomobil qismlari uchun barcha kerakli hujjatlarni taqdim etadigan ishonchli yetkazib beruvchilar bilan ishlaymiz, shuning uchun ehtiyot qismlarning sifatiga ishonishingiz mumkin. LiTROning malakali va tajribali ustalari nosoz detalni joyida almashtirib beradilar, siz esa o‘z yo‘lingizda davom etishingiz mumkin. Biz kechayu kunduz, dam olish va bayram kunlarisiz ishlaymiz. Avtomobilingizning parvarishini soha mutaxassislariga topshiring! Telefon orqali texnik maslahat olish va avtomobil buzilgan joyga ustani chaqirish uchun 1353 raqamiga kechayu kunduz qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Shahardan tashqarida xizmatlar ko‘rsatish narxi xizmat ko‘rsatish narxidan va ustaning shahardan tashqariga (trassa orqali) – 1 km uchun 6000 so‘m bo‘lgan yetib borish narxidan tashkil topadi.