LiTRO yangiliklari

YONILG‘I SARFINI QANDAY KAMAYTIRISH MUMKIN

YONILG‘I SARFINI QANDAY KAMAYTIRISH MUMKIN

Avtomobilingizda yonilg‘i sarfini kamaytirishga imkon beradigan oddiy usullarni bilishni istaysizmi? 1. Eng oddiy, lekin ayni paytda eng samarali maslahat – avtomobilingizning texnik holatini kuzatib boring. Hatto dami tushgan shinalar ham yonilg‘ining ortiqcha sarfiga olib keladi, jiddiy nosozliklar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. 2. Avtomobilni qanchalik xotirjam va bir maromda boshqarsangiz, yonilg‘i sathi datchigining ko‘rsatkichi shunchalik sekin tushadi. Keskin tezlashish va tez tormozlash yonilg‘i sarfini sezilarli darajada oshiradi. 3. Tyuning ishqibozlari uchun ko‘ngilsiz yangilik bor: kuzovning ustiga o‘rnatilgan qo‘shimchalar, kengaytirilgan g‘ildiraklar, shuningdek, aerodinamik qarshilikni oshiruvchi ayrim tyuning elementlari ham yonilg‘i tejamini pasaytiradi. 4. Quyidagi maslahatni hozirgi shart-sharoitda amalga oshirish, albatta, qiyin bo‘lsa ham, ammobaribir ... tirband probkalarga tushmaydigan tarzda yo‘nalish va vaqtni tanlashga harakat qiling. 5. Faqat ishonchli yonilg‘i quyish shoxobchalarida yonilg‘i quydiring, yonilg‘ining sifati ham uning sarfiga ta’sir qiladi.