QANDAY QILIB OMILKOR AVTOMOBILNI TANLASH MUMKIN?
Xarid chog‘ida nimalarga e’tibor qaratish lozim? 1. Kuzovning rangi Oq, kulrang va kumush ranglar eng omilkor hisoblanadi • chang deyarli ko‘rinmaydi • tirnalishlar kamroq seziladi • quyosh ostida kamroq qiziydi • oq rangli avtomobillar yo‘lda ko‘zga tashlanadi, shuning uchun ular avariyaga uchraydi 2. Salonning rangi O‘rindiqlar qoplamasi uchun eng omilkor hisoblangan kulrang va to‘q kulrang matoning tabiiy siyqalanishini yashiradi 3. Charm yoki mato? Matoning kamchiliklari: • suyuqlik va hidlarni singdiradi • olib tashlash qiyin bo‘lgan chang, jun va sochlar ularga yopishadi • allergiya manbai bo‘lishi mumkin Matoning afzalliklari: • shikastlanganda ta’mirlash osonroq va arzonroq • uzoq safarlar chog‘ida orqa terdan pishmaydi Charmning kamchiliklari: • qayta tiklash qimmatga tushadi • qishda sovuq va yozda issiq Charmning afzalliklari: • uzoqroq yirtilmaydi va siyqalanmaydi • parvarishlash osonroq • hid va suyuqliklarni singdirmaydi • gipoallergen xususiyatga ega 4. Texnikaviy xususiyatlar Shuningdek, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lgan avtomobil omilkor hisoblanadi: • yonilg‘ini tejab sarflashi • sig‘imdorligi • ehtiyot qismlarning mavjudligi va ularning arzonligi Avtomobilni tanlashda moliyaviy imkoniyatlaringizni hisobga oling va omilkorlik, tejamkorlik va narxning eng yaxshi nisbatiga ega avtomobilni tanlang.