HAYDOVCHILARNING 3 TA XATOSI

Sizning avto tongingiz qanday boshlanadi? Aksariyat haydovchilar shunday javob beradilar: «Shunchaki oddiy! Rulga o‘tiraman va haydab ketaman!». Lekin ekspertlar shuni ta’kidlaydilarki, o‘z avtomobiliga bunday yengiltaklik, befarqlik bilan munosabatda bo‘lish yo‘lda bir qator kutilmagan noxush hodisalarga olib kelishi mumkin. Bir talay noxush oqibatlardan qochishga yordam beradigan BOSh qoidani yodda tuting. Yo‘lga chiqishdan oldin bir necha daqiqa vaqtingizni avtomobilni tashqi tomondan ko‘zdan kechirishga sarflang. 1. Siz bunda g‘ildirak bo‘shab qolganligini ko‘rib qolishingiz va unga darhol dam urishingiz mumkin. Agar yukxonada nasos bo‘lsa, buni qilish oson, agar o‘zingizda nasos bo‘lmasa – yo‘l-yo‘lakay yaqin atrofda joylashgan shina servisiga kirishingiz mumkin yoki LiTRO yo‘lda texnik yordamini chaqirsangiz bo‘ladi. 2. Kuzovni ko‘zdan kechirish sizga lak-bo‘yoq qoplamasi (LBQ) ning bungacha bo‘lmagan turli shikastlanishlarini ko‘rish imkonini beradi. Vijdonsiz haydovchilar sizning qaldirg‘ochingizni qirib o‘tib, voqea joyidan qochib ketishga ulgurgan bo‘lishlari mumkin. 3. Kuzovda tirnalgan va ezilgan joylarni aniqlab, siz aybdorni “qizig‘ida” topishga harakat qilib ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Yo‘l-patrul politsiyasi xodimlarini chaqirish va kuzovning shikastlanganlik faktini qayd etishingiz mumkin. Bu yog‘iga sizga videoregistratorlar va videokuzatuv kameralari, guvohlarning ko‘rsatmalari yordam beradi. Aksariyat hollarda bunday zararlanishlar deteyling markazlarida bo‘yab o‘tirmay va jiddiy rixtovka (tekislash ishlari) siz osongina yo‘qotiladi. Lekin, agar xarajatlarni “aybdorga” yuklash mumkin bo‘lsa, nima uchun bu xizmatlarga o‘z cho‘ntagingizdan haq to‘lashingiz kerak.