AVTOMOBILDA QACHON VA NIMALARNI O‘ZGARTIRISH LOZIM
Benzinni to‘ldir-u, sayr qilavermi? Aslo unday emas! Avtomobil parvarishga ham muhtoj. «Sarflanuvchi materiallar»ni o‘z vaqtida almashtirishga ham. Qimmatbaho ta’mirga pul sarflamaslik uchun avtomobilda nimalarni va qachon almashtirish lozim? Dvigateldagi moy O‘ram ustidagi raqamlarga e’tibor bermang. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, avtomobildan avaylab foydalanganda ham, har qanday dvigatel moyining xizmat qilish muddati 7-10 ming km. Moy filtri to‘g‘risida ham unutmang. Avtomatik uzatma qutisidagi moy Avtomobilning rusumi va modeliga qarab 50 ming km dan boshlab farq qiladi. Almashtirish ishlab chiqaruvchi tomonidan tartibga solinadi. Antifriz Avtomobildagi sovutish suyuqligini har 3-4 yilda yoki 160 ming km dan so‘ng almashtirish tavsiya etiladi. Ammo har 2 haftada kengaytirma idishiga nazar solishni va zarur bo‘lsa, antifriz qo‘shishni unutmang. Faqat turli xil rangdagi antifrizlarni aralashtirmang. Tormoz kolodkalari Avtomat uzatma qutisida har 25 ming km da, mexanik uzatma qutisida esa har 30 ming km da kolodkalarni almashtirish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, old prokladkalar tezroq yeyiladi. Tormoz suyuqligi Har 2 yilda yoki 40 ming km dan so‘ng almashtiriladi. Muntazam ravishda sathini tekshirish ham juda foydali odatdir. Avtomobil filtrlari Yonilg‘i filtri – benzinli dvigatelda har 80 ming km da va dizel dvigatelda har 20 ming km da almashtiriladi. Benzonasos to‘ri bilan bir vaqtning o‘zida almashtirish tavsiya etiladi. Salon filtri – uzog‘i bilan har 20 ming km dan so‘ng yoki har 3-6 oyda almashtiriladi. GUR suyuqligi Aniq muddatlar yo‘q, zarur bo‘lganda almashtirish tavsiya etiladi, lekin har oyda tekshirish lozim. O‘t oldirish shamlari Har 30-50 ming km dan so‘ng almashtiriladi. Hatto sifatli yonilg‘i ishlatilib, avaylab foydalanishda ham, ertami-kechmi shamlarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.