LiTRO yangiliklari

DVIGATELNING RESURSINI QANDAY UZAYTRISH MUMKIN

DVIGATELNING RESURSINI QANDAY UZAYTRISH MUMKIN

Bugun avtomobilimizning yuragi - uning dvigateliga qanday g‘amxo‘rlik qilish to‘g‘risida gaplashamiz. To‘g‘ri qarov va tafsilotlarga e’tibor berish dvigatelning ishlash muddatini sezilarli darajada uzaytirishi mumkin. Dvigatelingiz soat singari ishlashini ta’minlash uchun ba’zi sinovdan o‘tgan maslahatlar: Moy va filtrni muntazam ravishda almashtirib turish Moy va filtrlarni o‘z vaqtida almashtirishni unutmang. Bu dvigatelingiz uchun qon va o‘pkaga o‘xshaydi! Ishlab chiqaruvchining tavsiyalariga muvofiq ularni tekshiring va almashtiring. Iliq start Dvigatelingiz qizib olishi uchun biroz vaqt bering, ayniqsa yilning sovuq faslida. Bu yeyilishni kamaytiradi va xizmat muddatini oshiradi. Tajovuzkor haydash usulidan voz keching Keskin harakat olish, tez to‘xtash va yuqori tezlik dvigatelning yeyilishini tezlashtirishi mumkin. Bir maromda tezlikni olishga va tormozlashga harakat qiling. Sifatli yonilg‘i bilan to‘ldiring Arzon yoki past sifatli yonilg‘idan foydalanishdan saqlaning. Uning tarkibida dvigatelning ishlashiga putur yetkazadigan va eskirishni tezlashtiradigan aralashmalar bo‘lishi mumkin. Tegishli uzatmadan foydalaning Mexanik uzatmalar qutisi bo‘lgan avtomobillar past uzatmada yuqori tezlikda harakatlanmasligi lozim - kuchli tebranishlar paydo bo‘ladi va dvigatel tezlik olishi uchun ko‘proq vaqt va kuch talab qiladi. Bu maslahat kunday ravshan bo‘lsa ham, “past uzatmada haydashni” yaxshi ko‘radiganlar juda ko‘p!