TORMOZLARNING ESKIRISH BELGILARI

Tormoz — yo‘ldagi xavfsizlikning asosiy elementi. Ularning holatini e’tiborsiz qoldirish xavfni oshiradi. Quyidagi belgilarni kuzatib boring: • Tormozlanganda shitirlash yoki g‘ichirlash • Tormoz yo‘lining uzayishi • Tormoz pedali “bo‘sh” ketishi • Tormozlash paytida tebranish yoki titrash Tormoz kolodkalari, disklar va tormoz suyuqligini muntazam tekshirib turing. O‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish avariya xavfini kamaytiradi va tormoz tizimining xizmat muddatini uzaytiradi.