JARIMA BALLARI TIZIMI OʻZBEKISTONDA

2025-yil 1-iyundan boshlab Oʻzbekistonda YPX qoidabuzarliklari uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi. Ballar faqat inspektor tomonidan tuzilgan bayonnomalar asosida beriladi - kameralar va radarlar hozircha inobatga olinmaydi. Ballar birinchi qoidabuzarlik sanasidan boshlab 1 yil davomida amal qiladi. Bir yil ichida haydovchi eng koʻpi 12 ball toʻplashi mumkin — undan oshsa, kamida 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi. Bir qoidabuzarlik uchun maksimal 2 ball beriladi. Qoidabuzarliklar misollari: - Tezlikni oshirish: 1,5–2 ball - YTH joyini tark etish: 2 ball - Tormoz yoki rul tizimi nosozligi: 0,5 ball - Xavfli “guruhli” harakat: 1,5 ball Xulosa: Pul jarimalari saqlanib qoladi, lekin endi ularga ballar ham qoʻshiladi. 12 ball yigʻsangiz - guvohnomangizdan ayrilasiz.