Avtomobil ekspluatatsiyasining muhim jihati texnik suyuqliklardan foydalanish hisoblanadi. Ularning o‘z vaqtida almashtirilmasligi yoki juda past darajasi avtomobilni boshqarishda qiyinchiliklarga olib kelishi, hatto avariyaga yoki alohida qurilmalarning ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘pincha yo‘lda texnik suyuqlikni to‘ldirishga ehtiyoj tug‘iladi, ammo aksiga olib, sizda zaxira yo‘q. Bunday holatda favqulodda yetkazib berish xizmati yordam berishi mumkin. Bizning yo‘l bo‘ylab yordam guruhimiz transport vositasini xavfsiz ishlashini ta’minlash uchun texnik suyuqlik ta’minoti xizmatini taklif qiladi.
Bizdan motor moyi, antifriz, tormoz suyuqligi va old oyna yuvish vositasini yetkazib berishni buyurtma qilishingiz mumkin. Texnik suyuqlik narxini to‘lash fiskal kvitansiya summasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Antifriz avtomobil dvigatelini samarali sovutishni ta’minlaydi, uning tarkibiy qismlari va qurilmalarini haddan tashqari qizib ketishining oldini oladi. Muammosiz ishlash uchun kengaytirish bakidagi antifriz darajasi minimal belgidan darajadan pastga tushmasligi muhimdir. Shuning uchun, agar radiator yo‘lda “qaynab ketsa”, darhol to‘xtang va tizim soviguncha kuting. Antifriz darajasini tekshiring. Agar u juda past bo‘lsa, dvigatelni va uning ostidagi asfaltni tekshiring - suyuqlik oqishi, asfaltga tomchilab tushishi ehtimoli bor. Ko‘pincha bu shlanglar va quvurlar birlashgan joyda yuz beradi, ammo qistirma (prokladka) “qo‘yvorgan” bo‘lishi ham mumkin. Tabiiy bug‘lanish tufayli ham daraja tushishi mumkin, shuning uchun uni muntazam ravishda tekshirib turish kerak. Suvdan farqli o‘laroq, antifriz faqat juda qattiq sovuqlarda muzlaydi. Bu avtomobilning sovutish tizimini qishda muzlashdan himoya qiladi. Zamonaviy avtomobillar faqat antifriz bilan ishlashga mo‘ljallangan. Ularga suv quyish tavsiya etilmaydi. LiTRO yo‘l bo‘yida yordam xizmati favqulodda vaziyatlarda sovutish tizimingiz uchun yuqori sifatli antifriz yetkazib berish va to‘ldirishga doimo tayyor.
Nafaqat sizning avtomobilingiz, balki boshqa yo‘l harakati qatnashchilarining xavfsizligi ham tormozlarning samarali ishlashiga bog‘liq. Bizning texnik xodimlarimiz kerakli turdagi tormoz suyuqligini yetkazib beradi, to‘ldiradi va tormozlarni bosib tekshirib ko‘radi, tormoz tizimi muvaffaqiyatli ishlashiga ishonch hosil qilgandan so‘ng avtomobilni sizga topshiradi.
Moy darajasining pastligi ishqalanish qismlarida yeyilishning ko‘payishiga olib kelib, qizishni oshiradi. Vaziyat shu holda davom etsa dvigatelni kapital ta’mirlashga ehtiyoj tug‘iladi, hatto yangisiga almashtirish talab qilinishi ham mumkin. Uyga yetib olishga urinmang yoki birinchi duch kelgan moyni quymang - bu vaziyatni yanada yomonlashtiradi. LiTRO-ga qo‘ng‘iroq qiling, texnik suyuqliklarni yetkazib berish xizmatiga buyurtma bering va texnikning o‘zi uni kerakli darajagacha to‘ldiradi. Avtomobilingiz zarar ko‘rmaydi va siz harakatda davom etasiz.
Shaffof old oyna - xavfsizlik kafolati. Albatta, yukxonada zaxira oyna yuvish vositasi bo‘lsa yaxshi bo‘ladi. Ammo, agar yo‘q bo‘lsa-chi va chang, qumli shamol yoki boshqa omillar tiniq ko‘rishga xalaqit bersa, bizning LiTRO yo‘l bo‘yida yordam xizmatimiz old oyna yuvish vositasini imkon qadar tezroq yetkazib beradi va sayohat davomida sizni xavfsizlik va qulaylik bilan ta’minlaydi. Agar texnik suyuqliklarning yetishmasligi sizni qiyin vaziyatda qoldirsa, professionallarni chaqiring. LiTRO yo‘l bo‘yida yordam xizmati sizga kerak bo‘lgan hamma narsani tez va samarali ta’minlaydi va mahsulotlar sifatiga kafolat beradi.