LiTRO yangiliklari

KONDITSIONER TOP-5 QOIDA

KONDITSIONER TOP-5 QOIDA

Avtomobildagi konditsioner temperaturasini eng past temperaturaga qo‘yishga ishqibozlar eng ko‘p duch keladigan noxush holatlar – bu shamollash, bo‘yin va orqa og‘riqlari, agar omadingiz kelmagan bo‘lsa, zotiljam (pnevmoniya) orttirib olasiz. Bugungi kunda bu masala har qachongidan-da dolzarb, nima deysiz, rozimisiz? Vrachlar Sizga konditsioner bilan “do‘stlashishga” yordam beradigan 5 ta asosiy qoidani aytib o‘tdilar: 1. Yo‘lga chiqishdan oldin avtomobilni shamollatishni odat qiling. Plastikdan issiq havoda ajralib chiquvchi zararli va shu bilan birga kanserogen moddalar konsentratsiyasi xavfsiz raqamlargacha pasayishi uchun 2-3 daqiqa yetarli. 2. Konditsionerni eng past haroratga qo‘yishga shoshilmang. Mashinadagi va ko‘chadagi harorat o‘rtasidagi eng maqbul farq – 6–8 gradus. Shuni yodda tutingki, tumov, yo‘tal va shamollashning boshqa barcha “huzur-halovatlari” sovuqdan emas, haroratning birdan o‘zgarishidan yuzaga keladi. Terlagan holatda konditsioner ostiga o‘tirdingmi – bo‘ldi, noxush holatlarni kutaver. 3. Havoning bevosita oqimini o‘zingizga, ayniqsa yuzingizga yo‘naltirmang. Bu birinchidan, yuz nervining yallig‘lanishi – bu muammoning hali hammasi emas. Ikkinchidan, burun, og‘iz va ko‘zning shilliq qavatlari konditsionerdan chiqayotgan havo oqimi ta’sirida quriydi va virus hamda bakteriyalar uchun zo‘r nishon bo‘ladi. Bu yana bitta nuqta. 4. Barcha konditsionerlar havoni quritadi. Bu nimaga olib kelishi mumkinligini biz allaqachon aniqlab oldik. Agar xonada havoning quruqlashishini namlatkich bilan bartaraf etish mumkin bo‘lsa, mashinada shunchaki vaqti-vaqti bilan oynani ochib turishning o‘zi kifoya qiladi. 5. Havo filtrini o‘z vaqtida almashtiring. Konditsionerlangan havo bilan birga filtrda to‘planib qolgan barcha iflosliklar bilan nafas olmaslik uchun shunday qilish kerak. LiTRO kompaniyasi avtomobil turgan joylarga chiqib konditsionerni to‘ldirish, antifriz quyish xizmatlarini ko‘rsatadi. Call Center 1353. Barchaga salomatlik tilaymiz!