Dvigatelni quvvatsizlangan batareya bilan ishga tushirish

Akkumulyatoringiz zaryadsizlanib qolibdimi, va yana aynan siz kutmagan vaqtda? Bo‘lib turadi, tushkunlikka tushmang. LiTRO mutaxassislari istalgan vaqtda dvigatelni ishga tushirishda malakali yordam ko‘rsatishga tayyor. Ko‘p hollarda, avtomobilni o‘zingiz bosha avtomobilga tutashtirib o‘t oldirganinggizdan ko‘ra, bu to‘g‘riroq yechim bo‘ladi. Har holda, bu avtomobilning quvvat bloki uchun, albatta, xavfsizroq bo‘ladi.

Dvigatelni quvvatsizlangan batareya bilan ishga tushirish

Joylarga chiqib dvigatelni o‘t oldirish

Bu muhim, bizning texnik xodimlarimiz 24/7 ishlashadi, shuning uchun mijozlarimiz istalgan vaqtda professional uskunalardan foydalangan holda ko‘rsatiladigan malakali yordamga ko‘z tutishlari mumkin.

Akkumulyatorni arzon narxda zaryadlash

Haqiqiy yuqori sifatli xizmatni hamyonbop narxda olishni xohlaysizmi? Aynan, shuning uchun siz LiTRO‘ga murojaat qilishingiz kerak. Siz o‘z mashinangizni kompaniyamiz mutaxassislari yordamida tutashtirib tez va arzon o‘t oldirishingiz mumkin. Agar sizning mashinangiz shaharlarning maʼmuriy chegaralaridan tashqarida boʻlsa, texnik xodimga shahar tashqarisiga chiqish uchun qoʻshimcha haq toʻlashingiz kerak boʻladi – har kilometr uchun 10 000 soʻm.

Avtomobil dvigatelini kechayu kunduz o‘t oldirish

Akkumulyatori zaryadsizlanib qolgan avtomobilni o‘t oldirish xizmatini tunu kun, tushlik va tanaffuslarisiz, dam olish va bayramlarsiz, shu jumladan tungi vaqtda ham taqdim etamiz. Hamma narsa mijoz uchun.

Avtomobil o‘t olmayabdimi?

Agar siz professional avtomexanik bo‘lmasangiz, unda o‘zingiz avtomobilni tutashtirib o‘t oldirishga harakat qilmaganingiz ma’qul, chunki sabab umuman akkumulyatorda bo‘lmasligi mumkin. Misol uchun, o‘t oldirish tizimi, starter yoki akkumulyatorning noto‘g‘ri ishlashi sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda LiTRO mutaxassisini taklif qilish eng maqbul yechim.

Akkumulyatori zaryadsizlanib qolgan avtomobilni tez o‘t oldirish kerakmi?

Biz juda yaxshi tushunamizki, o‘t oldirish xizmatlarni taqdim etishda eng muhimi tezlik. Сhaqiruv bo‘lganda LiTRO texnik xodimlari zudlik bilan yo‘lga chiqishadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, yordam mashinasi yo‘lga taxminan yarim soat sarflaydi. Avtomobil akkumulyatorini zaryadlash uchun bir necha daqiqa kifoya.

Avtomobilni qanday qilib to‘g‘ri tutashtirish kerak

Nima uchun avtomobilni tutashtirish mumkin emas?

Akkumulyatorni qanday zaryad qilish kerak?

Biz O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab dvigatelni quvvatsizlangan batareya bilan ishga tushirishxizmatini taqdim etamiz